Shavkat Mirziyoyev Hindistonga boradi

14:15 09 Yanvar 2019 Siyosat
722 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov chorshanba kuni Xalqaro press-klub majlisida maʼlum qildi.

Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, sammit 18−20 yanvar kunlari Gujarat shtatida boʻlib oʻtadi. Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni amaliy tashrif bilan boradi. Biznes-forumning asosiy tadbirlari oʻsha kuni boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Unga davlatlar, xalqaro jamgʻarmalar va yirik kompaniyalar rahbarlari taklif qilingan.

21−23 yanvar kunlari Oʻzbekiston prezidenti Germaniyaga rasmiy tashrif bilan boradi, deya qoʻshimcha qilgan Neʼmatov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?