Shavkat Mirziyoyev Zelenskiyni Ukraina prezidentligi uchun saylovlardagi gʻalabasi bilan tabrikladi

11:34 24 Aprel 2019 Siyosat
1946 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidentligi uchun oʻtgan saylovlarda ishonchli gʻalaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

“Ishonchim komilki, anʼanaviy doʻstlik, oʻzaro manfaatli hamkorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston - Ukraina munosabatlari bundan buyon ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida izchil rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi”, - deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sogʻliq, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar, doʻstona Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?