Shavkat Mirziyoyev: “Yaqin Sharqdan vatandoshlarimizni olib kelish juda qiyin boʻldi. Samolyotni u yoqqa qoʻndirish, terroristlar qoʻlidan olib chiqish oson emas”

11:44 03 Iyun 2019 Jamiyat
426 0

Toshkent viloyati faollari bilan yigʻilishda davlatimiz rahbari “Mehr” operatsiyasiga ham toʻxtalib oʻtdi.

- Mana, 156 nafar yurtdoshimizni Yaqin Sharqda urush boʻlayotgan joydan olib keldik. Xoʻsh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz xarob boʻlgani uchun, sharoit boʻlmagani uchun ketgan. Lekin u yerda nima boʻldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?

Ularni Vatanga olib kelish juda qiyin boʻldi. Qancha davlatlar bilan gaplashdik. Samolyotni u yoqqa qoʻndirish, terroristlarning qoʻlidan olib chiqish oson emas. Lekin qaytardik - nima boʻlganda ham ular bizning vatandoshimiz. Endi nima qilish kerak? Nuroniylar, jamoatchilik qayoqqa qarayapti? Kim buni tushuntiradi? Bunday narsalar hammamizni oʻylantirishi, qiynashi kerak, - dedi Prezident.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?