Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatoriga maktub yoʻlladi

13:56 30 Aprel 2019 Siyosat
303 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya Imperatori Akixitoga maktub yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr boʻlganini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatoriga Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik, hurmat va ishonch asosida oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy eʼtibori va koʻmagi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?