Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya General-gubernatoriga hamdardlik maktubi yoʻlladi

15:21 15 Mart 2019 Siyosat
442 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda juma namozidan keyin sodir etilgan otishma oqibatida 27 kishi halok boʻlgani xabar qilingandi. 30 ga yaqin odam yarador holatida shifoxonaga yetkazilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?