Shavkat Mirziyoyev: Vazirlikka nomzod Oliy Majlis oldida oʻzining munosibligini koʻrsatsin, soʻng men imzo chekaman

11:21 28 Dekabr 2018 Siyosat
293 0

Hukumat parlament oldidagi masʼuliyatini yetarlicha his qilayotgani yoʻq. Chunki parlament faqat bosh vazirni tasdiqlaydi, lekin vazirlarni tayinlash, tasdiqlashga aloqasi yoʻq.

Shu bois Prezident Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini joriy etishni taklif qildi. “Vazirlikka nomzod Oliy Majlis oldida oʻzining munosibligini koʻrsatsin, soʻng men imzo chekaman”, — dedi Prezident.

Shuningdek, Prezident Vazirlar Mahkamasining faoliyatini qayta koʻrib chiqilishini aytib oʻtdi. “Ixcham Vazirlar Mahkamasi qilamiz“, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?