Shavkat Mirziyoyev: “Vatanni sevish - ulug‘ fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak”

12:53 13 Iyun 2018 Siyosat
412 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi.

Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Havo desantchilar brigadasining jangovar mashg‘ulotlarini kuzatdi, harbiylar bilan muloqot qildi.

“Vatanni sevish - ulug‘ fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun siz kabi mag‘rur, baquvvat yigitlar namuna bo‘lishi zarur. Yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni milliy iftixor, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajyorlar o‘rnatish, “Vatanparvar” tashkilotlari qoshida parashyutchilar to‘garaklari ochish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi, kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’naviyat markazi, autsorsing tizimi joriy etilgan oshxonani kirib ko‘rdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?