Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Samarqanddagi bir nechta tarixiy obyektlarni borib ko‘rdi

14:31 18 Avgust 2018 Siyosat
274 0

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi. O‘zbekistonning me’morchilik an’analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Imomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.

Imomali Rahmonga Afrosiyob qal’asi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy o‘tmishi haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi. Sohibqiron bobomiz ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi.

Mehmonlarga Amir Temur hayoti, ushbu maqbara qurilishi haqida so‘zlab berildi.

Tojikiston Prezidenti o‘zi uchun Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid yangi jihatlarni kashf etganini ta’kidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?