Shavkat Mirziyoev uchta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish to’g’risidagi qonunlarni imzoladi

10:06 04 Aprel 2018 Hujjatlar
879 0

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikatsiya qilish to’g’risida

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha Islom tashkiloti Ustavi (Boku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikatsiya qilinsin.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 SH. MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 2018 yil 3 aprel
№ O’RQ—467

Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga To’qqizinchi qo’shimcha bayonnomani (Istanbul, 2016 yil 6 oktyabr) ratifikatsiya qilish to’g’risida

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga To’qqizinchi qo’shimcha bayonnoma (Istanbul, 2016 yil 6 oktyabr) ratifikatsiya qilinsin.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 SH. MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 2018 yil 3 aprel
№ O’RQ—468

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasini (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilish to’g’risida

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi (Ostona, 2017 yil 9 iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Konventsiyaning 6-moddasi 2-bandi bo’yicha: «O’zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O’zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konventsiyani bajarish uchun mas’ul bo’lgan vakolatli organlar etib belgilangan»;

2) Konventsiya qoidalarining O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qo’llash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qo’llanilmaydi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 SH. MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 2018 yil 3 aprel
№ O’RQ—469

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?