Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qiladi

15:21 10 Iyun 2019 Jamiyat
284 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Dushanbeda boʻlib oʻtadigan Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashga aʼzo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Aziya Plyus” nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Dushanbe sammitida qatnashish uchun 12 davlat – Xitoy, Rossiya, Eron, Ozarbаyjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Bangladesh, Shri-Lanka prezidentlari Tojikistonga tashrif buyuradi.

Kengashga aʼzo yana 15 davlatning bosh vazir, vazir oʻrinbosarlari va tashqi ishlar vazirlari sammitda ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, sammitda ishtirok etishdan tashqari, barcha delegatsiyalar rahbarlarining qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?