Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish va boshqa innovatsion loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi

10:34 18 Dekabr 2019 Siyosat
245 0

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, taʼlim, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

2020-yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar “yoʻl xaritasi“ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv soʻngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi oʻrtasida Sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?