Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent hamma sohalarda namuna boʻlishi kerak”

13:41 26 Oktyabr 2018 Siyosat
678 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid maʼlumotlar taqdim etildi. Unga koʻra, shu ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019 yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohalarda namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?