Shavkat Mirziyoyev temiryo‘lchilarga tabrik yo‘lladi

18:04 03 Avgust 2018 Siyosat
797 0

Toshkentdagi Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida Temir yo‘l transporti xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Dilshod Ulug‘murodov xabar berdi.

Bayram munosabati bilan temiryo‘lchilarimizga Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A. Ramatov o‘qib eshittirdi.

Tadbirda shuningdek, bir guruh temiryo‘lchilar Prezident farmoniga binoan davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?