Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga joʻnab ketdi

16:22 06 Aprel 2019 Siyosat
479 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida boʻladigan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik koʻrilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari hamda mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va koʻrgazmalarni oʻz ichiga olgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan.

Festival 10 aprel kuni yakuniga yetadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?