Shavkat Mirziyoyev: “Sizning borligingiz, gaplaringiz, nasihatlaringiz, duolaringiz bizga katta kuch-quvvat baxshida etadi”

11:02 09 May 2018 Siyosat
860 0

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 aprelda imzolangan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mamlakatimizda ushbu sana ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. 

Poytaxtimizdagi Botanika bog‘i ushbu tantanaga munosib tarzda ko‘rinish kasb etgan. Bu yerga Qoraqapog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan urushda qatnashgan faxriylar, mehmonlar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi vakolatxanalari vakillari taklif etilgan. 
Tantana O‘zbekiston-24 kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilmoqda. 

Davlatimiz rahbari dastlab ko‘rgazmalarga qo‘yilgan urush yillaridagi harbiy texnikalar, eksponatlar bilan tanishdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ushbu aslahalardan foydalanilgan. Yurtboshimiz ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan dildan suhbatlashdi. Daraxtlar orasida askarlarning ovqatlanishi, dam olishi, tibbiy xizmatdan foydalanilgan burchaklar tashkil qilingani o‘sha suronli yillarni yodga soladi. 
So‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga beriladi. 
Davlatimiz rahbari urush faxirylari va tadbir ishtirokchilarini ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan muborakbod etdi. “Sizning borligingiz, gaplaringiz, nasihatlaringiz, duolaringiz bizga katta kuch-quvvat baxshida etadi” deya alohida ta’kidladi Prezidentimiz. 
Tantanalar davom etmoqda. 
Maqsud JONIXONOV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?