Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatidagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi

19:54 13 Aprel 2018 Siyosat
739 0

Sirdaryo tumanida viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev «Crocus uz compozit» korxonasining irrigatsiya lotoklari ishlab chiqarish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxonada kompozit materialdan yiliga 180 ming metr lotok va quvurlar ishlab chiqariladi. 150 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Prezident sug‘orishda isrofgarchilik ko‘pligi, bunday sifatli lotoklar suvni tejash va undan samarali foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«Ideal asr» korxonasida ishlab chiqarilayotgan gaz tejash uskunalarining ahamiyatiga to‘xtalib, bunday mexanizmlarni hamma joyda o‘rnatish zarurligi qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?