Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

11:29 21 Mart 2020 Siyosat
393 0

Foto: mid.ru

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, Sergey Lavrov Oʻzbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlari va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Oʻz navbatida, 21-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi Sergey Lavrovga 70 yoshga toʻlgani munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi.

Tabrikda Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbarining hozirgi Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqarishga, strategik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?