Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini koʻzdan kechirdi

15:55 11 Yanvar 2019 Siyosat
235 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning avvalgi tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlarga muvofiq Samarqand davlat universiteti yonida buyuk mutafakkir Konfutsiy haykali oʻrnatildi. Haykal atrofidagi moʻjaz maydonda qadimgi Xitoy anʼanalariga xos ayvonlar barpo etildi. Shu yerdagi toʻqqiz qavatli oʻquv va maʼmuriy binoda qurilish ishlari amalga oshirilib, uning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari andozalariga moslashtirildi.

Bu yerda xalqaro taʼlim dasturlari markazi tashkil etilmoqda. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlaridagi eng yaxshi tajribalar oʻrganiladi.

Davlatimiz rahbari markaz loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, shu yerda Samarqandda turizmni rivojlantirish, kongress-xol va mehmonxonalar qurishga oid koʻplab loyihalar namoyish etildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Konfutsiy instituti va “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti ochilgan.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019