Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yengil metro qurish boʻyicha koʻrsatma berdi 

17:56 29 Iyul 2019 Iqtisodiyot
223 0

Yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida yengil metro qurilishi boshlanadi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.

Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida turistik markaz qurilishi loyihasi taklifi bilan tanishdi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa obyektlar qurilishi moʻljallangan.

Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli boʻlib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sunʼiy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, transport infrastrukturasi bilan taʼminlash va uni rivojlantirish maqsadida Prezident yengil metro qurilishini boshlash toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?