Shavkat Mirziyoyev “Samarkand city” qurilishiga doir loyihalar bilan tanishdi

09:56 19 Avgust 2018 Siyosat
149 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi.

Ma’lumki, Amir Temur ko‘chasining ikki yonida qariyb 14 gektar maydonda “Samarkand city” bunyod etish rejalashtirilgan. 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijlik investorlar jalb etilib, bir nechta shartnoma va bitimlar imzolangan.

Samarqandning hozirgi sayyohlik salohiyati tarixiy qadamjolar hisobiga. “Samarkand city” zamonaviy turizm markazi bo‘ladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari bo‘lsa, bu yerda muxayyo bo‘lishi kerak. Bu yerdagi inshoot va ko‘ngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini ta’kidladi.

Samarqandda yo‘llar, binolar, transport infratuzilmasi, o‘rindiqlargacha - hamma-hammasi chuqur o‘ylanishi, insonlar uchun qulay bo‘lishi lozim, dedi davlatimiz rahbari.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?