Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qiladi

10:19 01 May 2019 Siyosat
355 0

Arxiv foto

2 may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya TIV rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturiga koʻra Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan Oʻzbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash masalalari, jumladan Afgʻonistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga koʻmaklashish yuzasidan fikr almashadilar.

3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?