Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

09:50 06 May 2019 Siyosat
209 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining “Sheremetyevo“ aeroportida samolyotning favqulodda qoʻnishi oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayishlarini tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Sheremetyevo aeroportida “Aeroflot” aviakompaniyasiga qarashli Superjet 100 samolyotida yongʻin chiqqan. Yongʻin natijasida samolyot bortida boʻlgan 78 nafar yoʻlovchidan 41 nafari halok boʻlgandi. 37 nafar yoʻlovchi qutqarib qolingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?