Shavkat Mirziyoyev: Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz

00:19 21 Yanvar 2019 Siyosat
505 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Germaniyada oʻqiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh oʻzbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan mehmonxona oldida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning oʻqish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

— Rivojlangan davlatlar barcha sohaga ilmiy yondashib natijaga erishishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng boʻlishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilgʻor yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma oʻrgangan bilim, “nou-xau”laringni Oʻzbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarga oʻqish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yoʻnaltirishni taklif etdi.

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

 

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?