Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

12:10 10 Iyun 2018 Siyosat
368 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Sindao shahrida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi nihoyasiga yetdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?