Shavkat Mirziyoyev: “Orolboʻyidagi vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun saʻy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur”

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston delegatsiyalari aʻzolari, Jamgʻarma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
“Qariyb oʻn yillik tanaffusdan soʻng oʻtayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta surʻat bagʻishlaydi. Biz bu boradagi oʻzaro hamkorlikka qatʻiy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolboʻyi atrofidagi hududlar choʻllanishi davom etayotgani taʻkidlandi. Suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim oʻzgarishlari kuzatilayotganiga eʻtibor qaratildi.
“Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini yengib oʻtish va Orolboʻyida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun saʻy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining taʻsirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.
Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari oʻrtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – oʻzimizning qoʻlimizda”, deya taʻkidladi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar boʻyicha muhim takliflarni ilgari surdi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: