Shavkat Mirziyoyev: “O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”

13:34 21 Iyun 2018 Siyosat
389 0

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida alohida qayd etildi.

“O‘zA”ning xabar berishicha, Bosh vazir A. Aripov boshqargan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimidagi o‘rganishlar natijalari tahlil etilib, Prezidentimiz sohaning hozirgi ahvolidan umuman qoniqmayotgani, tegishli topshiriqlar berilganiga qaramay sezilarli o‘zgarish bo‘lmagani tanqid ostiga olindi. Shuning uchun tizimning asosiy rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Ta’lim tizimi xodimlarining turli xil tozalash, dala ishlarida dastyorga aylantirilgani ularning ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Prezident tomonidan majburiy mehnatni taqiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilinganiga qaramay, joylardagi ayrim mansabdor shaxslar hamon bu “xumor”dan voz kecha olmayotgani achchiq haqiqat.

Endilikda bunday holatlarga butulay chek qo‘yiladi va bunday qilmishni sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

O‘qituvchi – jamiyatdagi eng obro‘li kasb egasi bo‘lishi darkor. Buning uchun barcha choralar ko‘riladi. Zero, jahondagi eng rivojlangan davlatlardan hisoblangan Yaponiya, Singapurda aynan shunday yondoshuv tufayli ular jadal taraqqiy etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchining obro‘sini oshirish borasida zarur topshiriqlar berar ekan, “O‘qituvchining hurmat qilmagannni men ham hurmat qilmayman”, deb alohida ta’kidlagani videoselektorda alohida qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?