Shavkat Mirziyoyev: Odamlarni zamonaviy sharoitga ega uylarda yashashga oʻrgatish kerak

14:10 11 Yanvar 2019 Siyosat
313 0

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib koʻrdi.

Samarqand shahri aholisining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, 2018 yilgi dasturga qoʻshimcha ravishda koʻp qavatli arzon uylar qurish kiritilgan edi.

2018 yilning oʻzida jami 1 ming 344 xonadondan iborat 32 ta 7 qavatli koʻp qavatli arzon uy barpo etildi. Bundan tashqari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari va yosh oilalarga moʻljallangan 5 qavatli 12 ta turar joy qurib, foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, hududda xususiy bogʻcha, shahar ichki ishlar boʻlimi, savdo va maishiy xizmat majmuasi, “Registon” supermarketi qurib bitkazildi. 540 oʻrinli umumtaʼlim maktabi qurilishi yakunlanmoqda.

Shu tariqa bu yerda qisqa fursatda zamonaviy aholi massivi qad rostladi. Yangi uylarda odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun barcha qulayliklar eʼtiborga olingan.

Davlatimiz rahbari Jasur Tursunqulov va Jamshid Kattaqulovlar oilalari koʻchib kirgan yangi xonadonlarni kirib koʻrdi, uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

Shu yerda Qorasuv massivida 2019 yilda foydalanishga topshiriladigan uylar loyihalari, jumladan, “Agromir bildings” kompaniyasi tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida barpo etilayotgan koʻp qavatli turar joylar taqdimotlari oʻtkazildi.

Prezidentimiz turar-joylar qurilishining odamlar hayotidagi, hudud infratuzilmasidagi ahamiyatiga toʻxtaldi.

– Samarqand turizm markazi boʻlishi kerak. Shuning uchun bu yerda koʻp qavatli uylar qurilishini koʻpaytiramiz. Shahar markazida eng zamonaviy talablarga javob beradigan uylar qurilib, aholini taʼminlaymiz. Uylarni qurishdan oldin uning egasi, qaysi qavatda, necha xonali uyda yashashigacha aniq boʻlishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari.

Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Urgut, Paxtachi, Narpay, Qoʻshrabot tumanlari markazlarida ham koʻp qavatli uylar qurilishi zarurligi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019