Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahrida Hindiston anʼanalariga xos tarzda kutib olindi (Foto)

18:05 30 Sentyabr 2018 Siyosat
922 0

“Palam” aeroportida davlatimiz rahbari Hindiston anʼanalariga xos tarzda kutib olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

Hindistonda Oʻzbekiston Prezidentining tashrifiga katta tayyorgarlik koʻrilgan.

Tashrif davomida Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?