Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini koʻzdan kechirdi

13:27 15 Noyabr 2018 Siyosat
347 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini koʻzdan kechirdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpogʻistonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?