Shavkat Mirziyoyev loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

13:36 13 Aprel 2018 Siyosat
716 0
Foto: president.uz

Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Social web solution” dasturiga alohida e’tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratadi. 

Davlatimiz rahbari dastur tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. 

Foto: president.uz

Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va ko‘nchilikni rivojlantirish, sholi yetishtirish, lalmi va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Foto: president.uz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?