Shavkat Mirziyoyev XAEA rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

09:31 23 Iyul 2019 Siyosat
107 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Meri Elis Xeyvordga agentlik bosh direktori Yukiya Amanoning vafot etgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, davlatimiz rahbari marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?