Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti, Bosh vaziri va xalqiga hamdardlik bildirdi

09:19 22 Oktyabr 2018 Siyosat
880 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga, Bosh vaziri Narendra Modiga va doʻst Hindiston xalqiga Panjob shtatining Amritsar shahrida yuz bergan temir yoʻl fojiasi oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlishi munosabati bilan chuqur taʼziya bildirdi.

TIV xabariga koʻra, davlat rahbari qurbon boʻlganlarning oilalariga va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda soʻzlarini izhor etgan, jarohatlanganlarga esa tez muddatlarda sogʻayib ketishlarini tilagan.

Hindistonning Amritsar shahrida (Panjob viloyati) yoʻlovchi poyezdi katta tezlikda odamlarni urib yubordi. Fojia oqibatida 50 dan koʻproq odam hayotdan koʻz yumgan. Halokat 19 oktyabr kechki vaqt yuz bergan. Fojia vaqtida temir yoʻl izlarida 300 dan 700 gacha kishi turib, “Ramayana” hind dostonidagi qahramonlardan biri Ravanning tulumi yoqib yuborilishi marosimini tomosha qilishayotgan boʻlgan. Ushbu marosim ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalabasini ifodalovchi hind festivali Dasharaning nishonlanishi doirasida oʻtayotgan boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?