Shavkat Mirziyoyev gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi

10:13 22 Avgust 2019 Siyosat
108 0

Oʻzbekiston Prezidenti Taxiatosh tumanidagi “Maded Botir” fermer xoʻjaligi dalasida gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi.

Ushbu xoʻjalikning jami yeri 110 gektar boʻlib, 60 gektarida paxta yetishtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari dala agrotexnikasidagi kamchiliklarni koʻrsatib, paxta pishishini tezlashtirish, hosilga hosil qoʻshish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Qishloq xoʻjaligida fandan keng foydalanish, Qoraqalpogʻistonning iqlimiga mos navlar yaratish lozimligini taʼkidladi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?