Shavkat Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan muzokaralarni boshladi

15:52 21 Yanvar 2019 Siyosat
677 0

21 yanvar kuni Belvyu saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qoʻydi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?