Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurdi

10:12 12 Iyun 2018 Siyosat
592 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishish maqsadida 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona tomon yo‘lga chiqqani xabar berilgandi.

Prezidentimiz navbatdagi tashrifi davomida yangi loyihalar bilan tanishishi, tadbirkor va investorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?