Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidentini tabrikladi

10:37 11 Fevral 2019 Siyosat
438 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral - Islom inqilobi gʻalabasi kuni munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyni tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, 1979 yil shoh Muhammad Rizo Pahlaviy taxtdan agʻdarilib, Ruholla Xumayniy mamlakat boshqaruviga keladi. Shundan buyon 11 fevral mamlakatda Islom inqilobi gʻalabasi kuni sifatida nishonlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?