Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

12:18 29 Noyabr 2019 Siyosat
191 0

Toshkent shahrida oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. Oʻzaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?