Shavkat Mirziyoyev: Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘yini juda ko‘taraman 

23:07 19 May 2018 Siyosat
6337 1

Ayni paytda Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Davlat xavfsizlik xizmati haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

Milliy xavfsizlik xizmatining, hozirgi Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘yini juda ko‘taraman. Ularning kattalari ichida 20 foizi o‘g‘ri bo‘lgan. Bularning ichida sadoqatli insonlar juda ko‘p. Hozir qo‘l qo‘ydim: bularga uy qurayapman, oyligini ko‘tartiraman.

Lekin bir narsani bilinglar: 100 foiz vaziyatni, uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi. Shuning uchun ham kechagi boshqa davlatlar bilan shartnomalarda shunday uskunalar olib kelayapmiz. Boshqa ilojimiz yo‘q. Bizga xiyonatchilar kerak emas. Biz juda ko‘p azob-uqubatni boshimizdan o‘tkazgan odammiz. Andijon ikkinchi marta sinov, baloga chiday olmaydi. Odamlar norozi bo‘ladi. Ularning ichida halol, pokiza odamlar ko‘p. Tepadagilarni xudo urgan edi. Poraxo‘r edi. Qip-qizil. Men bu gaplarni aytayapman: negaki, mendan boshqa odam bu gaplarning tagini bilmaydi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?