Shavkat Mirziyoyev Buxoroga joʻnab ketdi

09:29 29 Mart 2019 Siyosat
668 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun Buxoro viloyatiga joʻnab ketdi.

Buxoro mamlakatimiz viloyatlari ichida hududining kattaligi jihatidan Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qulay geografik hududda joylashgani, tarixiy obidalar, tabiiy resurslarga boyligi, qishloq xoʻjaligi sohasida toʻplangan tajriba sabab viloyatda turizm, sanoat, logistika, agrosanoat sohalari izchil rivojlanmoqda.

Prezidentimiz 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida hududning zamonaviy qiyofasini yaratish, sanoatning ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport-logistika, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sayyohlik salohiyatini yanada oshirish boʻyicha soha mutasaddilariga topshiriqlar bergandi.

Davlatimiz rahbari bu galgi tashrif chogʻida ushbu topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?