“Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar oʻzining amaliy natijalarini bermoqda”

09:59 07 Noyabr 2018 Siyosat
902 0

Amerikalik tahlilchi, Daniyel Morgan nomidagi Milliy xavfsizlik masalalarini oʻrganish oliy maktabi (Daniel Morgan Graduate School of National Security) katta ilmiy xodimi Edvard Lemonning Oʻzbekistondagi oʻzgarishlar haqidagi yozgan maqolasida shunday fikr bildiriladi. Ushbu maqola nufuzli tahliliy “World Politics Review” jurnalida chop etildi.

Ekspertning fikricha, mamlakat bugungi kunda tashqi dunyoga ochiqlikni namoyon etayotir. Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimiga kirishgach, qator muhim islohotlarni boshladi. 

Edvard Lemonning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston amalga oshirayotgan tashqi siyosiy qadamlar muhim natijalarga olib keldi. Soʻzining tasdigʻi sifatida mutaxassis respublikamiz tashqi savdosining keskin ortganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, “2016 yildan buyon oʻzbek iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi ikki barobar oshdi”.

“Kechayotgan oʻzgarishlar, albatta, Oʻzbekiston fuqarolariga foyda keltirmoqda. Ular oʻz fikrlarini bildirishlari, qoʻshni davlatlardagi qarindoshlarini emin-erkin borib koʻrishlari mumkin... Ular iqtisodiy taraqqiyot taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanmoqdalar... Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni modernizatsiyalash va hukumat faoliyatining samaradorligini oshirishga harakat qilayotir. Xususan, Prezident mamlakat byurokratiya tizimini isloh qilib, yosh, kuch-quvvatga toʻla oʻz kasbining ustalari va texnokratlarni jalb etmoqda. Bu boshqaruv tizimini yaxshilashga imkon beradi”, deydi E. Lemon.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?