Shavkat Mirziyoyev: Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xomashyo sifatida sotish – iqtisodiyotni tushunmaslik

20:14 13 Aprel 2018 Siyosat
602 0

Xabar berganimizdek, ayni paytda Sayxunobod tumanidagi 8-musiqa va san’at maktabida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Sirdaryo viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi, hosildorligi kam yerlarda paxta qisqartirilishini ta’kidladi. 

“Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xomashyo sifatida sotish – iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz. Xudo xohlasa, ikki-uch yildan keyin bir kilo paxtamizni ham chetga sotmaymiz. Zamonaviy korxonalar tashkil etib, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot qilib sotamiz” dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Sirdaryo viloyatida ham 20 ming gektar paxta maydoni qisqartirilishi, bu yerda anor, uzum, no‘xat, raps, soya, achchiq qalampir kabi xaridorgir meva-sabzavotlar ekilishi qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?