Shavkat Mirziyoyev Boysun tumanida oqsoqollar bilan suhbatlashdi

19:41 30 Aprel 2019 Siyosat
291 0

Davlatimiz rahbari Boysun tumaniga tashrifi chogʻida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy suhbatda mamlakatimiz, jumladan, Surxondaryo viloyati va Boysun tumanini yanada rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, xalqimiz turmush darajasini oshirish va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish barobarida maʼnaviyat va madaniyat sohalariga eʼtiborni kuchaytirish, baxshichilikni yanada keng targʻib etish lozimligi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?