Shavkat Mirziyoyev Asaka tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi

18:26 19 May 2018 Siyosat
757 0

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 2 iyunda Andijon viloyatida bo‘lganida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona qurish loyihasi taqdim etilgan edi. Tadbirkor tashabbusi va davlat ko‘magi natijasida ushbu loyiha qisqa davrda ro‘yobga chiqdi.

«Sabo hamkor» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning «Asya Modern Serachilik» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi. 

Prezidentimiz mazkur issiqxonalarni kirib ko‘rdi. Kompyuter orqali boshqariladigan sovutish va sug‘orish tizimi bilan tanishdi.

2 gektarlik issiqxonada banan ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Birinchi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda. Pomidor ko‘chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil olish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgan. 

Jamiyat tomonidan kelgusida ushbu zamonaviy issiqxona majmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?