Shavkat Mirziyoyev: «Andijon viloyati hokimidan roziman. U — Andijon xalqining baxti»

14:09 21 May 2018 Siyosat
876 0
Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Ulug‘nor tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Prezident viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

«Bugun Andijon viloyati hokimi bilan ko‘p gaplashdim. Shuni bilingki, men masala qo‘ygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qo‘yishni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erishadi degani.

Fursatdan foydalanib aytib o‘tmoqchiman — men hokimdan roziman. Shuhrat Qo‘shoqboyevich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qo‘lidan kelganicha bajarishda O‘zbekiston hokimlari orasida oldingi qatorlardan birida turadi desam, adashmagan bo‘laman. Bu ham Andijon xalqining baxti.

Men viloyatdagi ishlarni ko‘rib, hokimning kuyinganini ko‘rib aytyapman. Bugun kun davomida u oldimga 50ta masala qo‘ydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Shuhrat Qo‘shoqboyevich mana shunday faol safdoshimiz, men eng ishongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytyapman», deya gapirib o‘tdi davlatimiz rahbari.



 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?