Shavkat Mirziyoyev: “Achchiq-achchiq gaplarni aytinglar”

10:30 03 Iyun 2019 Siyosat
539 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida oʻtayotgan faollar yigʻilishi davomida Suriyadan qaytarilgan 156 nafar oʻzbekistonlik haqida toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona boʻlgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?..

Birorta nuroniy yoʻq! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga olib kelishning oʻzi boʻlgani yoʻq.

Faqat qarsak, qarsak, ura-ura...

Birorta shoir chiqmadi: Uygʻonaylik endi, deb...

Uyat boʻlsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!..

Men Konstitutsiyaga koʻra chora koʻrishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular oʻzbek, bizning vatandoshlarimiz!..

Ularni Vatanga olib kelish azob boʻldi. Juda ogʻir boʻldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur oʻylashimiz kerak...”, — deb aytgan Prezident.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?