Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi

12:21 05 Iyun 2018 Siyosat
559 0
Foto: Sputnik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni ShHT sammiti maydonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqida TASS xabar berdi.

“O‘zbekiston prezidenti (Shavkat) Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti (Emomali) Rahmon, Eron prezidenti Ruhoniy, Pokiston prezidenti (Mamnun) Hussaynlar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya ta’kidladi RF rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov.

Xabaringiz bor, ShHTning bu yilgi navbatdagi sammiti 9-10 iyun kunlari XXRning Sindao shahrida tashkil etiladi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?