Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda ishtirok etdi

15:50 24 Avgust 2018 Siyosat
211 0

Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing boʻldi.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon toʻplanib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qogʻozdan amaliy ishga oʻtilishini taʻkidladi.

Oʻzbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar taʻsischi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?