Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilgan mashgʻuotlar muvaffaqiyatli kechdi

12:02 18 Dekabr 2019 Jamiyat
576 0

Boʻlinmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, ularning tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Harbiy qismlar berilgan buyruqqa asosan qisqa fursatda jangovar shaylikka keldi va oʻziga biriktirilgan harbiy texnikalarga kelib joylashishdi.

Boʻlinmalar dala-oʻquv maydoniga kalonna tarkibida harakatlandi. Bu jarayonda texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda oʻtkazilayotgan bunday oʻquvlarda Qurolli Kuchlar tuzilmalari hamkorligini taʼminlashga harakat qilinmoqda. Maqsad olib boriladigan jangovar oʻquv mashgʻulotlarining samaradorligini yanada oshirish. Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligida kechgan yigʻilishda oʻquv mashgʻulotini amalga oshirish yuzasidan komandirlarning qabul qilgan qarorlari tinglandi.

Harbiy xizmatchiga qoʻyilayotgan bugungi talab, oʻz bilim va koʻnikmalarini muntazam oshirib borish, jangovar shaylikni bir zum boʻlsin, qoʻldan boy bermaslik. Ana shu maqsadda dala-oʻquv maydoniga kelib joylashgan Vatan posbonlari turli oʻquv meʼyorlari boʻyicha sinovlardan oʻtishdi.

Dala-oʻquv maydoning bir nuqtasida harbiy xizmatchilar ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish kiyimini belgilangan vaqtda kiyish boʻyicha meʼyorlarni bajarishayotgan boʻlsa, ikkinchi nuqtada minamyotchilar batareyasi ish olib bormoqda.

Yurt qalqonlari oʻquvlar davomida AK-74 avtomatidan birinchi va ikkinchi oʻq otish meʼyorlarini ham bajarishdi.

Desantchilar jangovar mashinasidan otish va boshqarish mashqlarida ham shaxsiy tarkib oʻz salohiyatini namoyish qilishdi.

Oʻtkazilgan mazkur oʻquv mashgʻulotlari qoʻshinlar jangovar shayligini yanada takomillashtirishda yana bir qadam boʻldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?