“Sharq taronalari”da AQSHdan qaysi guruh qatnashadi?

16:36 23 Avgust 2019 Jamiyat
120 0

AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi “Henhouse Prowlers” blyugrass guruhi Samarqandda oʻtadigan bu yilgi “Sharq taronalari” musiqa festivalida Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida qatnashishini maʼlum qildi.

“Sharq taronalari”da ishtirok etishdan tashqari, 23-avgust kunduz soat 1:30 da “Henhouse Prowlers” Toshkentdagi Tamaraxonim muzeyida mahalliy musiqachi va talabalar bilan alohida mashgʻulot oʻtkazadi. 31-avgust kechqurun soat 8:00 da esa, u “Anhor Lokomotiv” koʻngilochar parkida konsert namoyish etadi. Bu konsert bepul va keng jamoatchilik uchun ochiqdir.

“Henhouse Prowlers” AQSH Davlat departamenti shafeligida dunyoning 25 dan ortiq mamlakatida har yili 175 ta konsert bergan amerikalik musiqachilardir. Chikagoda yashab, ijod etuvchi Kristofer Dollar, Jonatan Goldfayn, Kayl OʼBrayen va Benjamin Raytushbu kvartet aʼzolaridir. Ular xalq musiqasi orqali boshqa madaniyatlar bilan bogʻlanish uchun anʼanaviy amerikacha blyugrass musiqasidan tarbiyaviy asos sifatida foydalanadi. Guruh “Live from Kyrgyzstan” (Bishkekda yozilgan) va “Separation Man” nomli ikkita musiqiy albom chiqargan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?