“Sharq taronalari” festivalining yangi logotipi tasdiqlandi

11:19 19 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

26−30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan birgalikda “Sharq taronalari” xalqaro XII musiqiy festivalining yangi logotipi tasdiqlandi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Festivalga mahalliy va xorijiy davlatlardan musiqashunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar taklif etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?